Kaloriya kalkulyatori
Kuniga qancha kaloriya, oqsil va suv kerakligini hisoblang. Luqmaa AI botidagi formula bilan bir xil — natija bot bergan me’yorga mos keladi.
Qanday hisoblanadi
- Tinch holatdagi sarf — Mifflin-St Jeor formulasi: 10 × vazn + 6,25 × bo‘y − 5 × yosh, erkaklarda +5, ayollarda −161.
- Kunlik sarf — shu son faollik koeffitsiyentiga (1,2–1,9) ko‘paytiriladi.
- Maqsad: ozishda sarfdan 20% kam (300–750 kcal), vazn olishda 10% ko‘p (250–500 kcal).
- Oqsil vazndan (1,0–2,0 g/kg), yog‘ — kaloriyaning taxminan 25%, uglevod — qolgani, lekin kamida 130 g. Suv — 1 kg ga ~30 ml.
Har bir qadam va manbalar — Metodika sahifasida. Taomlarning kaloriyasi — kaloriya jadvalida.
Savollar
Ozish uchun kuniga qancha kaloriya kerak?
Kunlik sarfingizdan taxminan 20% kam, lekin kuniga 300–750 kcal oralig‘ida — bu xavfsiz taqchillik (AHA/ACC/TOS tavsiyasi). Kalkulyator buni o‘zi hisoblaydi. Me’yor ayollarda 1200, erkaklarda 1500 kcal dan pastga tushmaydi.
Semirish (vazn olish) uchun kuniga qancha kaloriya kerak?
Kunlik sarfingizdan taxminan 10% ko‘p, kuniga 250–500 kcal oralig‘ida. Kalkulyatorda «Vazn olish» maqsadini tanlang — me’yor shu bo‘yicha hisoblanadi. Oqsil ham yetarli bo‘lishi kerak: kalkulyator uni vazningizga qarab ko‘rsatadi.
Kalkulyator qaysi formuladan foydalanadi?
Tinch holatdagi sarf Mifflin-St Jeor formulasi bilan hisoblanadi — tadqiqotlarga ko‘ra sog‘lom kattalar uchun eng aniq formula. Keyin u faollik koeffitsiyentiga (1,2–1,9) ko‘paytiriladi va maqsadga qarab tuzatiladi.
Natija qanchalik aniq?
Formula o‘rtacha odam uchun to‘g‘ri, lekin har kimning sarfi biroz farq qiladi (±10% atrofida). Shuning uchun natija — boshlang‘ich nuqta. Luqmaa AI botida me’yor 2–3 haftadan keyin vazningiz haqiqatda qanday o‘zgarayotganiga qarab moslashadi.
Homiladorlikda yoki 18 yoshgacha ozish mumkinmi?
Bu davrlarda kaloriyani kamaytirish faqat shifokor nazoratida bo‘ladi. Shuning uchun kalkulyator ham, bot ham ozish uchun taqchillik bermaydi — vaznni saqlash me’yorini ko‘rsatadi.
Oqsil nega vazndan hisoblanadi?
Oqsilga ehtiyoj kaloriyaga emas, tana vazni va mashqlarga bog‘liq: 1 kg ga 1,0–2,0 g (ISSN, Morton 2018). Ortiqcha vaznda oqsil sog‘lom vaznga (BMI 27) hisoblanadi, 65 yoshdan keyin esa kamida 1,2 g/kg.
Kalkulyator sog‘lom kattalar uchun o‘rtacha yo‘l-yo‘riq beradi va tibbiy maslahat o‘rnini bosmaydi. Kasallik bo‘lsa, me’yorni shifokor bilan kelishing.