Botni ochish

Hisob qanday ishlaydi

Luqmaa AI raqamlarni o‘zi o‘ylab topmaydi. Kunlik me’yor xalqaro tan olingan formulalar bilan hisoblanadi, taomning tarkibini esa sun’iy intellekt rasm, ovoz yoki matndan baholaydi. Quyida har bir qadam va uning manbasi.

1. Tinch holatdagi sarf

Organizm hech narsa qilmasa ham energiya sarflaydi: nafas, yurak, miya. Buni Mifflin-St Jeor formulasi bilan hisoblaymiz. Sog‘lom kattalar uchun eng aniq formula shu ekani tadqiqotlarda ko‘rsatilgan.

Erkaklar: 10 × vazn (kg) + 6,25 × bo‘y (sm) − 5 × yosh + 5
Ayollar: 10 × vazn (kg) + 6,25 × bo‘y (sm) − 5 × yosh − 161

2. Kunlik sarf

Natija faollik koeffitsiyentiga ko‘paytiriladi:

Harakatsiz (ofis, mashqsiz) × 1,2
Yengil (haftada 1–3 mashq) × 1,375
O‘rtacha (haftada 3–5 mashq) × 1,55
Faol (har kuni mashq) × 1,725
Juda faol (og‘ir jismoniy ish) × 1,9

3. Maqsad

  • Ozish: sarfdan 20% kam, lekin kuniga 300–750 kcal oralig‘ida. Bu AHA/ACC/TOS tavsiyasidagi xavfsiz taqchillik.
  • Vaznni saqlash: sarfga teng.
  • Vazn olish: sarfdan 10% ko‘p (250–500 kcal), yog‘ emas, mushak to‘planishi uchun.

Me’yor hech qachon ayollar uchun 1200, erkaklar uchun 1500 kcal dan pastga tushmaydi.

18 yoshgacha, homiladorlik va emizish davrida bot ozishni taklif qilmaydi. Bu davrda kaloriyani kamaytirish faqat shifokor nazoratida bo‘ladi.

4. Oqsil, yog‘ va uglevod

  • Oqsil kaloriyadan emas, vazndan hisoblanadi: 1 kg ga 1,0–2,0 g, faollik va maqsadga qarab (ISSN, Morton 2018). 65 yoshdan keyin kamida 1,2 g/kg. Ortiqcha vaznda oqsil haqiqiy vaznga emas, sog‘lom vaznga qarab olinadi.
  • Yog‘ kunlik kaloriyaning taxminan 25% i, kamida 20%.
  • Uglevod qolgan qism, lekin kuniga kamida 130 g (IOM).

5. Suv

Har kilogramm vaznga taxminan 30 ml, mashq qiladiganlarga qo‘shimcha 250–750 ml. Natija 1,5–4 litr oralig‘ida, stakanga yaxlitlanadi.

6. Me’yor sizga moslashadi

Har qanday formula o‘rtacha odam uchun. Xatosi ±10–20% bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bot 4 hafta davomida yegan ovqatingiz va vazningiz o‘zgarishini solishtiradi va haqiqiy sarfingizni topadi. Tuzatma haftasiga 150 kcal dan oshmaydi, ma’lumot yetarli bo‘lmasa taklif qilinmaydi.

Taom tarkibi

Rasm, ovoz yoki matnni sun’iy intellekt tahlil qiladi. U o‘zbek va Markaziy Osiyo taomlarini (osh, lag‘mon, manti, somsa, sho‘rva, non) va ularning odatiy porsiyasini biladi. Natija taxminiy. Porsiyani yoki masalliqni saqlashdan oldin tuzatish mumkin.

Odatiy porsiyalar va ularning kaloriyasi retseptlari bilan taomlar ma’lumotnomasida.

Kamqonlik rejimi

Profilda «Kamqonlik» tanlansa, har taomda temir miqdori va kunlik me’yor ko‘rsatiladi (NIH tavsiyasi: ayollar 19–50 yosh 18 mg, homiladorlikda 27 mg, erkaklar 8 mg). Bot dori yoki doza haqida maslahat bermaydi.

Muhim

Luqmaa AI axborot xarakteridagi tavsiyalar beradi va tibbiy tashxis o‘rnini bosmaydi. Qandli diabet, buyrak kasalligi yoki boshqa surunkali holat bo‘lsa, parhezni shifokor bilan kelishing.

Manbalar

  1. Mifflin M.D., St Jeor S.T. va b. A new predictive equation for resting energy expenditure. Am J Clin Nutr, 1990.
  2. Frankenfield D. va b. Comparison of predictive equations for resting metabolic rate. J Am Diet Assoc, 2005.
  3. Jäger R. va b. ISSN position stand: protein and exercise. J Int Soc Sports Nutr, 2017.
  4. Morton R.W. va b. Protein supplementation and resistance training: a meta-analysis. Br J Sports Med, 2018.
  5. Jensen M.D. va b. AHA/ACC/TOS Guideline for the Management of Overweight and Obesity, 2013.
  6. Institute of Medicine. Dietary Reference Intakes: macronutrients (AMDR).
  7. JSST (WHO). Guidelines on physical activity and sedentary behaviour, 2020.
  8. NIH Office of Dietary Supplements. Iron: Fact Sheet for Health Professionals.

Me’yoringizni bilib oling.

Botda yosh, bo‘y, vazn va faollikni kiriting. Hisob bir daqiqada tayyor.

Telegram’da boshlash