O‘zbek taomlari kaloriyasi
Odatiy porsiya va 100 g uchun. Har taom uy retsepti asosida, masalliqlarning rasmiy qiymatidan hisoblangan. Raqamlar oraliq: yengil va og‘ir retsept orasidagi farq.
Asosiy taomlar
Suyuq taomlar
Xamirli taomlar
| Taom | Porsiya | Porsiyada | 100 g da |
|---|---|---|---|
| Manti | 5 dona ≈ 275 g | 385–600 kcal | 140–220 kcal |
| Chuchvara | 1 kosa (sho‘rvasiz) ≈ 300 g | 510–570 kcal | 170–190 kcal |
| Tandir somsa | 1 dona ≈ 150 g | 335–425 kcal | 220–285 kcal |
| Qovoqli somsa | 1 dona ≈ 120 g | 265–290 kcal | 220–240 kcal |
Non
| Taom | Porsiya | Porsiyada | 100 g da |
|---|---|---|---|
| Tandir non | 1 dona ≈ 280 g | 730–890 kcal | 260–320 kcal |
Salat va sut
| Taom | Porsiya | Porsiyada | 100 g da |
|---|---|---|---|
| Qatiq | 1 piyola ≈ 200 g | 120 kcal | 60 kcal |
| Achchiq-chuchuk | 1 likopcha ≈ 150 g | 35–65 kcal | 25–40 kcal |
Bunday taom hali ma’lumotnomada yo‘q. Botga yozsangiz, u baribir hisoblab beradi.
Qanday hisoblandi
Har bir taom uchun odatiy uy retsepti olindi: masalliqlar grammda, bitta qozon uchun. Har masalliqning 100 g dagi kaloriya, oqsil, yog‘, uglevod va temir miqdori AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligining ochiq bazasidan (USDA FoodData Central, SR Legacy) olindi.
Keyin jami qiymat tayyor taomning og‘irligiga bo‘lindi. Tayyor og‘irlik — taxmin: guruch va xamir suv shimadi, go‘sht va sabzavot pishganda suv yo‘qotadi. Shuning uchun raqamlar ±15% farq qilishi mumkin va biz ularni oraliq sifatida beramiz.
Har taom sahifasida retsept va har bir variantning hisobi ochiq ko‘rsatilgan. Sizning taomingiz boshqacha pishirilgan bo‘lsa — rasmini botga yuboring, u aynan shu likopchani baholaydi.
Taomingiz ro‘yxatda yo‘qmi?
Rasmga oling yoki nomini yozing — Luqmaa AI istalgan taomni hisoblaydi.